Ushbu orqali 5 kurs talabalarining bitiruv malakaviy ishlarini zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shaffoflik va halollik asosida himoya qilishlarini ta'minlash maqsad qilingan.

5 kurs talabalari BMIning dastlabki himoyasiga qadar quyidagi materiallarni MOODLE tizimiga joylashtirishlari shart:

1. Bitiruv malakaviy ishi (doc);

2. Ilmiy rahbar xuolosasi:

3. Ichki va tashqi taqriz. 

4. Himoya taqdimoti.

Talabalar bilan birgalikda ilmiy rahbarlar ham mazkur kursga a'zo sifatida biriktiriladi va ular o'zlari rahbarlik qilayotgan barcha ishlar bo'yicha xulosalari va izohlarini yozib borishlari shart. Bu orqali talaba va o'qituvchi o'rtasidagi muloqot baholab boriladi.

Eslatib o'tamiz, o'z ishlarini ilovalari bilan birgalikda MOODLE tizimiga joylashtirmagan 5 kurs talabalari dastlabki va rasmiy himoyaga kiritilmaydi.

2-bosqich. Dastlabki himoyadan muvaffaqiyatli o'tgan talabalarning bitiruv malakaviy ishlari, kafedra yig'ilishi bayonnomalari bilan kiritiladi. Agarda dastlabki himoya jarayonida talabalarga ishga o'zgartirishlar kiritish so'ralgan bo'lsa, BMIning oxirgi holati yangidan kiritiladi.