O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining beriligandan buyon o‘tgan davr mobaynida Davlat tilini hayotga izchil joriy etish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o`tish haqidagi qonunlarni hayotga tatbiq etish asnosida mamlakatimizda o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish borasida ancha katta tajriba to`plandi. Til oq`itish mazmuni va maqsadini belgilashda o`ziga xos yangi bosqich boshlandi. Mazkur bosqichda o`zbek tilini faqat kundalik muloqot, uy-ro`zg`or darajasida bilish yetarli emas. Davr, taraqqiyot talabalardan o`z mutaxassisligi bo`yicha o`zbek tilida og`zaki va yozma nutqining mukammal bo`lishi, davlat tilida mustaqil va erkin fikrlay olishi, har qanday vaziyatga moslasha bilish ko`nikmasiga ega bo`lishini talab qilmoqda. Ushbu dastur mazkur talabdan kelib chiqib tuzilgan.


“O‘zbek tili” fanini o‘qitishning asosiy maqsadi talabalarning o‘zbek tilidan egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish, tanlagan ixtisosliklari doirasida davlat tilida erkin muloqot qila olish, fikrni mantiqiy bayon eta olish, nutqlarini kasbiy atamalar bilan boyitish, yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlash, davlat tilidan boshqa tillarga va aksincha, o’zbek tiliga tarjima qila olish ko’nikmalarini shaklllantirish, rasmiy uslub, ilmiy uslubda ma’lumot tayyorlay olish kabi bilimlarni shakllantirishga erishishdir. Ushbu maqsadda o‘qituvchi va talaba oldiga qator vazifalar qo‘yiladiki, bular ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni o‘zgartira bilish malakalarini shakllantirish, rasmiy uslubda aniq, to‘g‘ri hujjatlashtirish kabi ko‘nikmalarni egallashni ko‘zda tutadi. Shunga ko‘ra ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, turlicha tipdagi matnlarni erkin tuza olish malakalarini o‘stirish vazifasi qo‘yilgan.
Ushbu dastur ikkinchi til o‘qitishning eng ilg‘or va samarali bo‘lgan funksional-semantik tamoyiliga asoslanib tuzilgan. Talabalar nutqiy ehtiyojini hisobga olib, u yoki bu mavzu doirasida zarur bo‘lgan so‘z, so‘z birikmalari, jumlalarning modellari, ularni shakllantiruvchi leksik-grammatik vositalar turli uslubdagi matnlar orqali talabalarga singdiriladi. Leksik va grammatik bilimlarni egallash vazifasi ikkinchi o‘rinda bo‘lib, asosiy maqsadga yordamchi bo‘lib xizmat qiladi.
Dars mashg‘uloti jarayonida yangi zamonaviy pedagogik texnologilardan foydalangan holda fanning mazmuni, maqsadi, imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda darsni tashkillashtirishning eng samarali usullaridan foydalaniladi, ya’ni maqsad – ilmiy mushohada, og’zaki va yozma tahlil ko’nikmalarini shakllantirish, fikrni usluban to‘g‘ri bayon qilish kabi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga yordam beradigan texnologiyalardan samarali foydalanish rejalashtirildi.
O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘rganayotgan talabalarning til boyligini oshirishga, ijtimoiy sohaga doir so‘zlar , ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy termin va tushunchalarni to‘g‘ri qo‘llashga, uslublarni farqlash va ularning lisoniy xususiyatlarini o‘rgatishga yo‘naltirilgan zamonaviy samarali usullarni qo‘llash orqali ularning og’zaki va yozma nutqini shakllantirishga e’tibor beriladi. Tilni soha kontekstida kasbga yo‘naltirgan holda o‘qitishning zamonaviy metodlarini keng qo’llaniladi;
Tizimli tahlil metodlari asosida o‘quv materialini o‘zlashtirish va tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qilishning samarali usullaridan foydalangan holda ilmiy mushohadaga o’rgatish ko‘zda tutildi.


• нотиқлик санъати предмети, нутқ маданияти кўникмаси, лексик, лингвистик ва экстралингвистик хусусиятлари бўйича илмий-назарий билимларга эга бўлиши зарур;
• омма олдидаги маъруза матнини мукаммал туза олиш малакасини хосил этиш;
• талабаларнинг оғзаки нутқини шакллантириш;
• талабалар нутқ маданияти бўйича тегишли билимларни ҳосил қилишлари;
• талаба нутқ маданияти талаблари даражасида ўз фикрини юқори савияда баён эта олиши керак;
• талаба нутқнинг коммуникатив жиҳатларини мукаммал эгаллаши лозим.


Нутқ маданияти фанини  ўқитишнинг назарий ва амалий, жумладан, нутқ маданияти ва нотиқлик санъати, нотиқлик тарихининг нутқий амалиёт ва маданият кўзгусидаги ифодаси, мутахассис  нутқининг коммуникатив таснифи,  нотиқликнинг тарихий ривожланиш босқичлари, нутқ техникасини эгаллаш ва овоздан моҳирона фойдаланиш усуллари, нутқнинг психологик ва экстралингвистик асослари борасидаги  масалалар моҳиятини тадқиқ этиш борасида билим, кўникма ва малакани шакллантиришдан иборат.